Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident tomonidan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi

Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi. Pedagogning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.

Umumiy o‘rta taʼlim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davrida murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi. Qonunga ko‘ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

  • pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan, hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;
  • pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan, bitiruvchilarning bandligi taʼminlangani haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
  • pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan, ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »