Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilishda nazorat mexanizmlariga shaffof tizim yo‘lga qo‘yilmagan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisida ma’lum qilindi.

Foto: Senat

Anjumanda ta’kidlanishicha, Prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026-yillarda farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan ayrim vazifalar bajarilmagan:

  • Postmarketing nazoratini amaliyotga joriy etish bo‘yicha “Dori vositalarining postmarketing nazoratini amalga oshirish qoidalari” ishlab chiqilmagan va tasdiqlanmagan.
  • Dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlari bo‘yicha olingan ma’lumotlarni muntazam ravishda “Farmakologik nazorat” milliy elektron axborot tizimiga kiritish yo‘li bilan “Farmakologik nazorat” milliy elektron axborot bazasi yaratilmagan.
  • Autsorsing qiluvchi tashkilotlarning buyurtmasi asosida mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar quvvatlarida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning samarali mexanizmi joriy etish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilmagan).
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK tarkibidagi Farmakopeya qo‘mitasini Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Farmakopeya markazi” davlat unitar korxonasi shaklida qayta tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi ishlab chiqish yakuniga yetkazilmagan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligining “Asosiy dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan dorilar ro‘yxati, tasdiqlangan klinik bayonnomalar, tavsiyalar va davolash standartlaridagi taqdim etilgan dori vositalariga mos kelmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »