Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Ukraina armiyasi qo‘mondoni Valeriy Zalujniy iste’foga chiqishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi. Bu haqda “Fokus.ua” xabar berdi.

Foto: UNIAN

Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Zalujniy Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning menejeri hisoblanadi. Uning ishdan olinishi haqidagi mish-mishlarga doir muhokama g‘alati ko‘rinadi.

“Muhokama bo‘lishi mumkinmi? Men uchun bu umuman g‘alati ko‘rinadi. Shunday bo‘lsa-da, u prezidentning vertikali, uning menejeri – men umuman bosh qo‘mondonni nazarda tutyapman. U bevosita uning vertikali, u oliy bosh qo‘mondon formatida urush olib boradi”, — dedi Podolyak.

Shuningdek, u Zelenskiy o‘z qo‘l ostidagilar oldiga muayyan vazifalar qo‘yib, natijalarni baholashi mumkinligini ta’kidladi. Siyosiy jarayon emas, balki urush ketmoqda.

Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat harakatlarni, balki kelajak rejalarini ham baholash zarur. Bu normal jarayon.

“Bu men uchun umuman g‘alati, chunki urush davrida generallar va siyosat darajasidagi odamlar raqobati shunday ko‘rinadi. Bundan tashqari ushbu xabar rasmiy ravishda rad etilgan. Endi voqealar qanday rivojlanishini ko‘ramiz. O‘zgarishlar bo‘lsa, bu haqda xabar beramiz. Hozircha o‘zgarishlar yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »