Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Margo Robbi Amerika kino aktyorlari gildiyasi (SAG-AFTRA) aʼzolari bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida o‘zi va rejissor Greta Gervigning “Barbi” filmi uchun “Oskar” mukofoti nomzodlari qatoridan joy olmaganligiga izoh berdi.

Foto: Legion media

“Baxtli ekaningizni his qilsangiz, xafa bo‘lish uchun hech qanday sabab yo‘q”, — deydi aktrisa. Shuningdek, u “Barbi” jamoasi “madaniyatni o‘zgartiradigan” biror narsa qilishni xohlagani va eng katta mukofot — muxlislar eʼtirofiga sazovor bo‘lganini taʼkidladi.

Robbining fikricha, Gervig eng yaxshi rejissor sifatida mukofotga nomzod bo‘lishga haqli edi.

“U qilgan ish hayotda ham, faoliyatda ham bir marta yuz beradi. Va u buni haqiqatan uddaladi. Lekin bu yil barcha filmlar uchun aqlbovar qilmas bo‘ldi”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa.

Avvalroq hamkasblari Rayan Gosling va Amerika Ferrera Margo Robbi va Greta Gervigning “Oskar” mukofoti nominatsiyalaridan joy olmaganidan noroziligini bildirgan edi.

Kartina sakkizta “Oskar” nominatsiyasidan joy olgan, jumladan, “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha ham. Afsonaviy qo‘g‘irchoqlar haqidagi film bilan bir kunda ekranga chiqqan Kristofer Nolanning “Oppengeymer” filmi 13 ta nominatsiyaga kirib, bu yil mutlaq rekordchiga aylandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »