Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tumani sudi raisi Sanjar Isaqulovga jarima intizomiy chorasi qo‘llandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi ma’lum qildi.  

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent viloyat sudlari sudyalari malaka hay’ati tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvida R.B. va boshqalarga nisbatan chiqarilgan sud hukmi yozilishida jiddiy e’tiborsizliklarga yo‘l qo‘yilgani, xususan, beparvolik oqibatida hukmning loyiha varianti “E-XSUD” elektron bazasiga kiritilgani tasdig‘ini topgan.  

Qayd etilishicha, xizmat tekshiruvi yakunlari Toshkent viloyati sudlari sudyalari malaka hay’atida muhokama qilingan hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudi raisiga nisbatan maoshining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.  

Avvalroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tumani sudi raisi 2000 dollar pora olgan paytda ushlangandi. 2023-yilning sentyabrida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, beshta viloyat sudlarining raislari o‘zgargandi. Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »