Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston Qirg‘iziston Respublikasiga insonparvarlik yordami sifatida 2 ming tonna suyultirilgan gaz yuboradi, deb xabar bermoqda Alty Asyr telekanali.

“Turkmangaz” davlat konserniga yo‘llangan tegishli farmoyishni prezident Serdar Berdimuhamedov imzolagan.

Hujjat, unda aytilganidek, turkman xalqi nomidan Qirg‘iziston Respublikasi energetika sohasidagi mavjud vaziyat munosabati bilan qirg‘iz xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida imzolangan.

2-fevralga o‘tar kechasi Bishkekdagi (Qirg‘iziston) issiqlik elektr stansiyasida avariya yuz bergani, oqibatda isitish qozoni portlagani haqida xabar berilgandi. Jarohatlanganlar bor.

Qirg‘iziston poytaxtida issiqlik va issiq suv ta’minotida qiyinchiliklar yuzaga keldi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, bir kun avval Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Qirg‘iziston Respublikasidagi hamkasbi Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Eziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »