Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreyaning Hancom Group kompaniyasi O‘zbekistonda IT-ta’lim ekotizimini rivojlantiradi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ma’lum qildi.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning ilg‘or raqamli ta’limini joriy qilish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligida Hancom Academy vakillari ishtirokida anglashiluv memorandumi imzolandi. Kelishuvga asosan, kompaniya tarkibiga kiruvchi Hancom Academy O‘zbekiston bo‘ylab IT sohasiga qiziqishi yuqori bo‘lgan iqtidorli yoshlarni saralab ularni Data science, Artificial and Cloud technologies, Software engineering kabi kelajak kasblariga o‘qitish dasturini yo‘lga qo‘yadi

Shuningdek, Hancom Academy tomonidan ishlab chiqilgan alohida o‘quv dasturi bo‘yicha mahalliy IT mentorlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘quv dasturi yoshlarga O‘zbekiston va jahonda talab katta bo‘lgan hamda yuqori maosh to‘lanadigan kasblarni o‘rgatishga mo‘ljallangan. Dastur bitiruvchilari kelajakda yuqori daromadli kasb egasi bo‘lish hamda chet elga IT xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Ma’lumot uchun, Hancom Group 1990-yil tashkil etilgan bo‘lib, Janubiy Koreyada Microsoft Office o‘rnini bosa oladigan Hangul Korean Word dasturiy ta’minotini yaratish bilan Koreyada tanilgan kompaniyadir. Hancom Groupning sun’iy intellekt, dron va boshqa ilg‘or texnologiyalarni o‘qitishga ixtisoslashgan  onlayn ta’lim platformasiga ega yirik IT akademiya — Hancom Academy sho‘ba tashkiloti mavjud.

Ushbu IT akademiya Koreya Respublikasida yirik korxonalar, jumladan Samsung Electronics, SK Telecom, KT, LG Electronics xodimlari va davlat xizmatchilari malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi, hamda yirik universitetlar bilan hamkorlik qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »