Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilning 6-fevral kuni Turkiya vaqti bilan tonggi 04:10—04:17 oralig‘ida respublikaning janubi-sharqiy viloyatlarida 7,8 balli zilzila sodir bo‘lgandi. Zilzila guvohlarining taxminicha, 1 daqiqaga yaqin davom etgan yer silkinishi oqibatida Turkiyaning 10 ta viloyatidagi 11 ta shahar vayron bo‘lgandi.

“Daryo” jurnalisti vayron bo‘lgan hududlar, jumladan Gaziantep viloyatida ham bo‘lib, voqea joyidan reportajlar tayyorlagan edi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘zining Telegram kanalida bildirishicha, Gaziantepda birinchi bosqichda jami 10 ming 698 uy, shu jumladan viloyat va tuman markazlarida 10 ming 90 ta, qishloq joylarda esa 608 ta uy uchun qur’a tashlangan. 

Foto: Videodan kadr
Uylariga yetib kelgan barcha fuqarolarimizga yangi uylari xayrli, serhosil va tinch bo‘lishini tilayman. Biz, Turkiya asrning birligini namoyish qilib, asr falokatining yaralarini tezda davolayotganini ko‘ryapmiz. Gaziantepda 14 mingga yaqin uylarimiz qurilishi jadal davom etmoqda. Biz va’da qilib, yakunlayotgan uylar bosqichma-bosqich qonuniy egalariga topshiriladi, — deydi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

Turkiya prezidentining bildirishicha, zilzila sabab uylaridan ajralgan fuqarolar uyli bo‘lmaguncha, prezident va uning jamoasi to‘xtamaydi. 

Biz va’da qilib, bu ishlar yakuniga yetmaguncha fuqarolarimizga uylar bosqichma-bosqich topshirilmaguncha biz uchun to‘xtash yoki dam olish yo‘q. Qo‘lni qo‘lga berib, bu sinovni yengamiz, — dedi prezident.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »