Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekologiya vazirligi Abu-Dabining Tadweer kompaniyasi direktori bilan O‘zbekistonda chiqindini qayta ishlash va undan muqobil energiya olish loyihasini muhokama qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Abu-Dabining chiqindilarni boshqarish sohasidagi eng yirik Tadweer kompaniyasi direktori Ali Al-Dhaheri o‘rtasida uchrashuv 5-fevral kuni bo‘lib o‘tdi.

“Atrof-muhitning chiqindilar bilan ifloslanish darajasini kamaytirish, chiqindilarni qayta ishlash orqali ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Tadweer bilan amalga oshiriladigan loyiha esa bu borada keng imkoniyatlarni taqdim etadi.

Loyihaning ahamiyati shundaki, qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish orqali ularning hajmi kamaytiriladi va kimyoviy moddalar zararsizlantiriladi. Shu bilan birga, chiqindilarni yoqish natijasida muqobil energiya ishlab chiqarish va ikkilamchi moddiy resurslarni ajratib olish imkoniyati yaratiladi” — dedi vazir Aziz Abduhakimov.

Uchrashuv davomida chiqindilarni yig‘ish, monitoring tizimini joriy etish, “yashil” energiya ishlab chiqarish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Vazir Tadweer kompaniyasi vakillariga amalga oshirilayotgan ishlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Dubayda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP28) doirasida Tadweer kompaniyasi bilan memorandum imzolanishi loyihaning muhim bosqichi bo‘ldi. Loyiha Navoiy, Buxoro viloyatlari va Farg‘ona vodiysiga qaratilgan texnik-iqtisodiy asoslashdan boshlanadi, har bir hududda chiqindilarni yo‘q qilish amaliyoti o‘rganiladi.

Ushbu loyiha tozalanmagan chiqindilarni poligonlarga joylashtirishni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, atmosferaga issiqxona gazlari va zaharli organik moddalarni chiqarishni kamaytirishga xizmat qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »