Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Istanbuldagi sud binosiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 5 kishi jarohatlandi. Otishma uyushtirgan erkak va ayol yo‘q qilindi. Bu haqda Hurriyet xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, ikki noma’lum shaxs Chag‘layan sud binosiga kiraverishdagi xavfsizlik postiga hujum qilgan. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 11:46 da (Toshkent vaqti bilan 13:46) sodir bo‘lgan. Otishma natijasida uch nafar politsiya xodimi yaralangan. Qurolli hujumni amalga oshirgan ayol va erkak esa halok bo‘lgan.



Bino yaqinida bo‘lgan odamlar o‘q ovozidan vahimaga tusha boshlagan. Ko‘pchilik qochishga uringan, ayrimlar esa yerga yotgan. Voqea joyiga Istanbul bosh prokurori yetib kelgan. Sud binosi politsiya tomonidan o‘rab olingan, barcha kirish va chiqish eshiklari yopilgan.

Foto: Videodan kadr

Eslatib o‘tamiz, 28-yanvar kuni Istanbuldagi katolik cherkovida qurollangan ikki kishi otishma sodir etib, voqea joyidan qochib ketgandi. Hujum natijasida Tursen Jihan ismli Turkiya fuqarosi vafot etgan. Holat yuzasidan Turkiya politsiyasi Rossiya va Tojikiston fuqarolarini hibsga olgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »