Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston fuqarolari Yaponiyaga qurilish va ishlab chiqarish sohalarida ishga taklif etiladi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati. 

Foto: Getty Images

Maʼlum qilinishicha, qurilish sohasida (kafel terish, opalubka, qurilish havozalarini o‘rnatish) oylik maosh 1500 AQSH dollaridan boshlanadi (Yaponiya iyenasida to‘lanadi). Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

  • yapon tilini N5 yoki undan yuqori darajada bilish;
  • 18-30 yoshgacha bo‘lgan erkaklar;
  • maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lishi;
  • sudlanmagan va sog‘lom bo‘lishi;
  • kamida 3 yillik mehnat shartnomasi asosida ishlashga tayyor.

Qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tish.

Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida (mebelsozlik) oylik maosh 1100 AQSH dollaridan boshlanadi (Yaponiya iyenasida to‘lanadi). Ish vaqti: haftasiga 40 soat (qo‘shimcha ish soatlari uchun alohida ustama haq to‘lanadi). Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar:

  • O‘zbekistondan Yaponiyagacha bo‘lgan aviachipta yo‘l kira haqi;
  • aeroportdan kutib olib, yashash joyigacha kuzatib borish.

Ishlab chiqarish sohasida ro‘yxatdan o‘tish.

Fuqarolar ish beruvchi bilan suhbat asosida ishga qabul qilinadi. Tanlov kuni va vaqti haqida qo‘shimcha maʼlumot beriladi. Ro‘yxatdan o‘tish har bir soha bo‘yicha 500 nafar nomzodga yetganda to‘xtatiladi. 

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqam 41, 42).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »