Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Zodak”, “Anaferon”, “Xilak Forte” va “Vitamin V6” nomli qalbaki dori vositalarini tayyorlash hamda sotish bilan shug‘ullangan tibbiyot xodimining faoliyatiga chek qo‘yildi.

Kadr: Telegram

Xususan, Chortoq tuman tibbiyot birlashmasining tez yordam bo‘limi feldsheri 1000 dona qalbaki “Zodak” dori vositasini Andijon viloyatiga sotish maqsadida olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan. Shuningdek, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda dori vositalari ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan yashirin sex borligi aniqlanib, 763 dona “Anaferon”, 2125 dona “Zodak”, 4000 dona “Vitamin V6” dori vositalari, 570 dona nomsiz flakonlarda siroplar, dori vositalarini qadoqlashda foydalaniladigan flakonlar, qutilar, yo‘riqnoma va yorliqlar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Ta’kidlanishicha, mazkur shaxs tayyorlangan dori vositalarini saqlash uchun qarindoshining yashash xonadonidan ombor sifatida foydalangan va tezkor tadbir davomida ushbu manzildan ham sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan 120 dona “Zodak”, 260 dona “Anaferon”, 96 dona “Xilak Forte” hamda 313 dona nomsiz flakonlarda sirop holdagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, Chortoq tuman tez yordam bo‘limi feldsheri 2023-yilning sentyabr oyidan buyon ushbu noqonuniy ish bilan shug‘ullanib kelgani va uni hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan Andijon viloyatida yashovchi fuqarolar Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan dori vositalari xomashyolari bilan taʼminlab turganliklari maʼlum bo‘lgan. Yashirin sex sharoitida tayyorlangan dori vositalari asosan Andijon, Farg‘ona va Toshkent shaharlaridagi dorixonalarda sotuvga chiqarilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) 2-qismi “b” va “e” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Avvalroq Samarqand shahrida ko‘p qavatli uyda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlangani, Toshkentdagi dorixonalarda qalbaki dori sotilayotgani maʼlum bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »