Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida fuqarolarga kottej qurib berishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan F.M. va boshqalar “Ar.” hamda “V.C.” MCHJni tashkil qilgan. Ular 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, Sergeli, Yunusobod, Yashnobod va Olmazor tumanlarida yer maydonlarini go‘yoki ushbu MCHJlarga tegishli ekanini aytib, mazkur yer maydonlariga 1,2 va 2 sotixli kottej qurib berishi haqida yolg‘on va’dalar bergan.

Ularning har biridan boshlang‘ich to‘lov sifatida 125 million so‘mdan jami 500 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganliklari, shuningdek fuqaro F.M. ushbu pullarni o‘zi va boshqalarning nomidan xorijiy valyuta birjasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaning hisob-raqamiga o‘tkazib berganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »