2022-yilning oktyabr, noyabr va dekabr oylarida bolalar shamollashiga qarshi qo‘llangan “Dok-1 Maks” va “Ambronol” siropi 2023-yilning yanvar oyida mamlakatda “Dok-1 Maks” fojiasi sifatida bo‘y ko‘rsatdi. Fojianing dastlabki qurbonlari haqida xabar bergan mas’ullar marhum bolalar soni 65 nafar ekanini ochiqlagan bo‘lsa, keyinchalik bu raqamlar 68 nafarga yetgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlab 21 nafar shaxs ayblangan bo‘lsa, keyinchalik qo‘shimcha jinoyat ishi biriktirilib, ayblanuvchilar 23 nafarga yetdi. Ularning dastlab 7 nafariga, keyinchalik yana 2 nafariga — jami 9 nafariga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.