Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonlik hamshiralar Germaniyaga maoshi 2,4 ming dollarlik ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi

Foto: sportishka.com

Unga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning Globogate Concept AG. tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan, tajribali tibbiyot xodimlari Germaniyaning Braunshveyg klinikasiga ishga taklif etilgan. Nomzodlar uchun talablar:

Umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli bo‘limlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar (faqat bemorlarni parvarishlagan) bo‘lishi;

  • 39 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • shifoxonada ish tajribasiga ega bo‘lishi (stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik, ginekologiya, shoshilinch tez tibbiy yordam, pediatriya, poliklinika-patronaj, akusherlik sohasida shug‘ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);
  • sudlanmagan bo‘lishi va jismonan sog‘lom bo‘lishi;
  • nemis tilini o‘rganishga ishtiyoq va salohiyat;
  • tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan bo‘lishi;
  • bemorlarga g‘amxo‘rlik qilishi;
  • nemis tili kurslarida 10 oy davomida o‘qish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
  • nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasligi;
  • Gyote instituti, ECL yoki ÖsD imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi.

Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

  • bepul turar joy;
  • o‘quv xonasi;
  • oylik stipendiya (6 oy).

Shuningdek, Globogate Concept AG quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

  • nemis tili o‘qituvchisi va o‘quv materiallari;
  • til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
  • hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
  • o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
  • Germaniyaga aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer;

Qayd etilishicha, mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2400 yevrodan boshlanadi, nafaqa, sug‘urta, ta’til) va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »