Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Fransiyaga qilgan safarida dorixonadan korset sotib ololmaganini aytib o‘tdi.

U yerda menga tez tibbiy yordam ko‘rsatish kerak bo‘lib qoldi. Elektron navbatga yozildik, darrov ko‘rindik. Oliy malakali hamshira kerak bo‘lgan hamma xizmatlarni ko‘rsatdi. Keyin tashxis qo‘yib, ma’lumotlarimni bazaga kiritib, shifokorga yubordi. Ko‘riklar bir joyni o‘zida tez bo‘ldi. Bittagina dori yozib berishdi.

Dorixonaga kirganimizda mendan ma’lumotlarni so‘rab, yana bazaga kiritishdi. Dorini olganimdan keyin, korset olmoqchi bo‘ldim. Shunda sotuvchi “Doktor buni yozmagan-ku”, deb rad qildi. Bu tibbiy dori yoki suyuqlik emas, deb tushuntirishimizga ham quloq solmadi.

Ikkinchi dorixonaga kirib korset so‘raganimizda u yerda ham berishmadi. Nima uchun sotmayapsiz, deb so‘raganimda “Agar travmatolog yozib bersa, keyin sotishimiz mumkin. Agar nimadir asorat bo‘lsa, biz javob beramiz”, deyishdi, — deydi professor.

Zarifboy Ibodullayevning ta’kidlashicha, Fransiyada dori sanoati, diagnostika rivojlanib ketgan bo‘lsa-da, doriga e’tibor kamroq, ya’ni dori bilan davolash minimum darajada.

Hattoki insult bo‘lgan bemorlar shifoxonadan chiqarilganidan keyin reabilitatsiyaga, psixologik ta’sir qilish omiliga e’tibor qaratadi.

Infarkt, insult bo‘lgan yoki spinal jarohat olganlarga ham ikkita narsada e’tibor qaratiladi — sport tibbiyoti va psixologik ta’sir qilish usullari. Reabilitatsiya jarayonida psixomotor reabilitatsiya — musiqa terapiya va davolash gimnastikasi kiritilgan, — deydi professor.

Avvalroq, professor Zarifboy Ibodullayev farmmafiyani yerga ko‘milgan mina deb baholagan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »