Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda Yangi Angren IES bilan bog‘liq murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.

Foto: Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi

Ma’lum qilinishicha, Yangi Angren IESda mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish davomida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan meʼyorlarga nisbatan yuqori ekani aniqlangan. Shu bilan birga, chang gaz tozalash uskunalari (filtrlari) samaradorligi 80 foizga tushib ketgani maʼlum bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirgani uchun 887 million, sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga joylashtirgani uchun 116 million, jami 1 milliard 3 million so‘m kompensatsiya to‘lovlari hisoblangan.

Bundan tashqari 11 nafar mansabdor shaxsga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilingan. Shuningdek, atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish bo‘yicha chang gaz tozalash uskunalarini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Avvalroq Toshkent viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘mir sifatining havo ifloslanishiga salbiy taʼsiri ko‘rsatilgan videolavhalarga munosabat bildirgandi. Unda Angren issiqlik elektr stansiyasida 2016-yilda ishga tushirilgan yangi energoblok mahalliy ko‘mir hisobiga ishlashi, ammo zamonaviy elektrofiltrlar hisobiga atmosferaga deyarli zararli gazlar chiqarmasligi aytilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »