Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilda Uzcard va Humo milliy to‘lov tizimlari orqali jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari hajmi ikki barobarga oshdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida so‘z boradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2023-yilda Markaziy bankning tezkor to‘lovlar tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 78 foizga oshib, 31,4 milliontani tashkil etgan. Yuridik shaxslar o‘rtasidagi o‘tkazmalar hajmi uchdan birga oshib, 603,8 trillion so‘mga yetgan.

Tezkor to‘lovlar tizimi orqali amalga oshirilayotgan to‘lovlar ko‘lamining ortib borishi natijasida 2023-yil yakuniga kelib xo‘jalik yurituvchi subyektlar hajmi to‘lov topshiriqnomalarining 91 foizi bankka tashrif buyurmagan holda masofadan turib amalga oshirilgan.

2023-yil davomida milliy to‘lov tizimlari bo‘lgan Uzcard va Humo tizimlarida amalga oshirilgan kartadan kartaga pul (P2P) o‘tkazmalari 224,3 trillion so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 80,8 milliard so‘mga yoki 56 foizga ko‘pdir.

Bunda 2023-yilda P2P to‘lovlarining 65,7 foizi Uzcard va 34,3 foizi Humo to‘lov tizimi hissasiga to‘g‘ri kelib, 2022-yilda esa to‘lov tizimlarining ulushi mos ravishda 68,3 foiz va 31,7 foiz bo‘lgan. Hisob-kitoblar kliring tizimi orqali to‘lovlar hajmi 30 foizga oshib, 78 trillion so‘mni tashkil etgan. Barcha operatsiyalarning qariyb yarmi UzAutoMotors tomonidan amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlarga taqdim etilgan QR kodlar soni biroz ortib, o‘tgan yili tranzaksiyalar summasi qariyb 2,5 barobarga — 137 milliard so‘mdan 337 milliard so‘mga oshgan.

Avvalroq prezident qarori bilan O‘zbeksitonda qimor o‘yinlari ishtirokchilarining kartalaridan transchegaraviy o‘tkazmalar taqiqlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »