Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilda O‘zbekistondagi 11 ta xalqaro aeroport va uchish-qo‘nish maydonchalari orqali 85 ming 702 ta aviaqatnov amalga oshirilib, 10 mln 409 ming yo‘lovchiga, 70 ming 870 tonna yuk va pochtaga xizmat ko‘rsatilgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan Transport vazirligining “Avia va temiryo‘l transportlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshituvida aytib o‘tilgan

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, milliy aviaparkka xorijdan 28 ta havo kemasi olib kelinib, ularning umumiy soni 75 taga yetgan. O‘zbekistonning aviatashuvlar bozorida faoliyat yuritayotgan xorijiy aviakompaniyalar soni 40 taga yetkazilgan. Parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida rezident va xorijiy aviakompaniyalar tomonidan 20 ta yangi xalqaro yo‘nalishda qatnovlar yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, 2023-yilda temiryo‘l transportida mahalliy yo‘lovchilarni tashish yo‘nalishlari 6 taga oshirilib, 29 taga yetkazilgan. Mazkur yo‘nalishlarda 44 ta yo‘lovchi poyezd harakatlangan bo‘lib, shulardan 6 tasi yuqori tezlikda harakatlanuvchi, 6 tasi tezyurar, 16 tasi yo‘lovchi poyezdlari hamda 18 tasi shahar atrofida harakatlanuvchi elektropoyezdlardir. 

Eshituvda deputatlar mazkur sohada ayrim kamchiliklar mavjudligini qayd etdi. Xususan, avia va temiryo‘l transporti uchun chipta xarid qilish jarayonida inson omili hanuz yuqori ekanligi, korrupsion va tanish-bilishchilik holatlarining borligi, vagonda birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsata oluvchi mutaxassislar yo‘qligi, shahar atrofi hududlarga harakatlanuvchi zamonaviy tezyurar elektropoyezdlari qatnovi hanuzgacha yetarli darajada tashkil etilmaganligi tanqid qilindi. 

Bundan tashqari, charter va muntazam parvozlarni amalga oshirish hamda xorijiy aviatashuvchilarni O‘zbekiston aviatashuvlar bozoriga jalb etish bo‘yicha mezonlarning mukammal emasligi, fuqaro aviatsiyasi sohasini raqamlashtirish va o‘zaro integratsiyalashda mezonlarning belgilanmagani bo‘yicha eʼtirozlar bildirildi. 

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan eshituvda parlament aʼzolari avia va temiryo‘l transportlariga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib borayotganini qayd etib, avia va temiryo‘l tizimida tashuvchilarning qonunchilikda majburiyatlari va javobgarligini aniq belgilash, sohaga xususiy sektor va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish bo‘yicha mutasaddilarga bir qator takliflarni berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »