Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmanistonda gripp sababli 33 nafar bola vafot etdi, ularning aksariyatida tug‘ma yurak va nafas olish yo‘llari kasalliklari bo‘lgan. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Eng ko‘p holatlar 5-7 yoshli bolalar orasida qayd etilgan. Hozirda gripp bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangani, bungacha kasalxonalarda yetarli joy bo‘lmagani aytilmoqda. Shifoxonalarning reanimatsiya va terapiya bo‘limlarida plastik romlardan to‘siqlar o‘rnatilib, grippga chalingan bemorlar joylashtirilgan.

Tibbiyot muassasalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishlarda epidemiya tufayli dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar taqchilligi aniqlangani ta’kidlangan.

“O‘zbekiston dori-darmonning katta partiyasini yordam sifatida yuborgani evaziga taqchillik qoplandi”, — deyiladi xabarda.

Har bir shifoxona bo‘limida zamonaviy reanimatsiya uskunalari bilan jihozlangan 1-2 ta xona tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Dekabr va yanvar oyining boshlarida Ashxobod va viloyatlarda gripp bilan kasallanishning yuqori darajasi kuzatilgan. Poytaxtdagi shifoxonalar gavjum bo‘lib, odamlarga uy sharoitida davolanish tavsiya qilingan. Ammo mazkur yo‘l infeksiyaning keng tarqalishiga olib kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »