Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Migratsiya agentligi tomonidan chet tillariga o‘qitish kurslarida ikki mingga yaqin fuqaro o‘qitilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish natijasida aniqlangan ish o‘rinlarini to‘ldirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda, bo‘lajak mehnat migrantlarini kasblarga va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi 32 ta monomarkaz va uning filiallari, 53 ta kasb-hunarga o‘qitish markazi, 13 ta qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlari hamda boshqa turli vazirlik va idoralar, nodavlat ta’lim muassasalari, 10 ta xorijiy hamkorlar bilan tashkil etilgan 48 ta kurslar imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.

Birgina o‘tgan yilda xorijda ishlash istagida bo‘lgan 58 228 nafar fuqaro chet tillari va kasb-hunarga o‘qishga jalb qilindi. Ulardan 56 692 nafari (30 ga yaqin turdagi) kasblarga, 1 536 nafari (nemis, rus, ingliz, koreys, yapon va boshqa) chet tillari kurslariga yo‘naltirildi.

Shundan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish kurslariga bugungi kunda 2 mingga yaqin fuqaro o‘qitilmoqda. Ushbu kurslarni tugatgan 324 nafar fuqaro xorijga ishga yuborildi.

Qirol Sejong koreys tili markazi – (KSIF) bilan fuqarolarni onlayn o‘qitishga ixtisoslashgan koreys tili kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun respublika hududlaridagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida alohida xonalar, Toshkent va Namangan shaharlarida studiyalar tashkil etildi. Hozirda onlayn tartibda 500 nafardan ortiq fuqarolar koreys tiliga o‘qitilmoqda. Kelgusida mazkur studiyalar orqali nemis, ingliz va yapon tillarini o‘qitish ham yo‘lga qo‘yiladi.

2023-yilning 8-sentyabr kuni yuk mashina haydovchilarini tayyorlash uchun “Vatanparvar” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra, Yevropa davlatlarida yuk avtomobili va boshqa toifadagi haydovchilar uchun aniqlangan 11 ming ish o‘rnini to‘ldirish uchun xorijda ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari “Vatanparvar” NNTning respublika hududlaridagi kurslarida o‘qitilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »