Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent aeroporti hududida ayrim cheklovlar joriy etildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports. 

Foto: Uzbekistan Airports

Maʼlum qilinishicha, hozirgi kunlarda Toshkent aeroporti hududida mavjud terminalni kengaytirish maqsadida qurilish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan joylarda xavfsizlikni taʼminlash hamda odamlarning to‘planishining oldini olish maqsadida aeroport hududida ayrim cheklovlar joriy etildi.

Unga ko‘ra, avtotransport vositalari, jumladan, taksilar va sayyohlik avtobuslari kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida yo‘lovchilarni tushirish/olish uchun alohida yo‘lak ajratilgan. Ushbu yo‘lakdan foydalanish bepul va yo‘lovchilarni tushirish/olish muddati 10 daqiqadan oshmasligi lozim. Uzoqroq vaqtga to‘xtash kerak bo‘lsa, avtoturargohdan foydalanish lozim.

Shuningdek, terminalda rekonstruksiya ishlari munosabati bilan “Toshkent” xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklangan. Istisno tariqasida, homilador va bolali ayollar, qariyalar va nogironlarga hamrohlik qiluvchi shaxslarga jo‘nab ketish zaliga kirishga ruxsat etiladi. Kuzatuvchilar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat olib kelishlari kerak.

Uzbekistan Airports kompaniyasi rahbariyati va Toshkent xalqaro aeroporti maʼmuriyati vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘radi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »