Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarida kasal bo‘lib, qiyin ahvolda qolgan fuqaro Z.A.ning vatanga qaytishiga yordam berildi. Bu haqda “Dunyo” agentligi ma’lum qildi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik ko‘magi BAAda istiqomat qilayotgan vatandoshlar hamda “Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish markazi” xayriya tashkiloti rahbariyatining faol qo‘llab-quvvatlovi ostida amalga oshirilgan.

Bosh konsullikka yo‘llangan murojaat asosida Z.A.ning O‘zbekistonga qaytishi uchun zarur barcha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari tashkil etilgan. Ular uchun to‘lovlar va mamlakatga qaytish chiptasi uchun to‘lovlar to‘liq homiylar tomonidan qoplangan.

8-fevral kuni fuqaro Uzbekistan Airways kompaniyasining Dubay—Toshkent yo‘nalishidagi havo qatnovi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.

Bundan oldin Rossiyaga ishlash uchun borib, vafot etgan ayolning 9 yoshli qizi O‘zbekistonga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Misrda avtohalokatga uchrab, og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarilgan, Rossiyada eri qamalib, chaqalog‘i bilan qiyin ahvolda qolgan ayolga yordam ko‘rsatilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »