Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi OAV vakillari uchun Turkiyaga press-tur uyushtirdi.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Turkiya respublikasining Qahramonmarash viloyati gubernatori Mukarram Unluerning jurnalistlar savollariga javob berishicha, viloyatda 2023-yilning 6-fevral kunidan 7-fevral kuniga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilziladan vayron bo‘lgan uylar o‘rnida 22 mingdan ortiq xonadonlar qurib beriladi. Ayni kungacha 8 mingta xonadon tayyor holatga keltirilib, aholi ko‘chib kirgan. Bu haqda press-turning Qahramonmarash viloyatidagi dasturi bilan tanishgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Qahramonmarash viloyatida aholiga ko‘p qavatli uy qurib berish bilan shug‘ullanayotgan TOKI tashkiloti vakillarining bildirishicha, 20 ta xonadondan iborat 5 qavatli bitta uyni barpo etish uchun 66 ming dollar sarflanmoqda. Shuningdek, ushbu ko‘p qavatli uy, atrofidagi bolalar o‘yingohi, yashil hududning barpo etilishiga 10 oy ketgan. 

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Har biri to‘rt xonadan iborat, jami hududi 105 kv/metr bo‘lgan uylar aholiga topshirilgach, ularning quvonchiga sabab bo‘lmoqda. Ayni kungacha 8 ming xonadondan iborat xuddi shunday uylar qurilgan bo‘lsa, yil yakuniga qadar bunday xonadonlar 22 mingdan oshishi rejalashtirilgan. Bu uylar bitgach, vaqtincha yashash hududida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz ham o‘z uylariga ko‘chib o‘tadi, — deydi TOKI tashkiloti vakili Ezgi Reyhanlio‘g‘lu.
Foto: Nozimbek Mardonov
Foto: Nozimbek Mardonov

Qahramonmarash viloyati gubernatori Mukarram Unluer ishtirokidagi matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, 2023-yilning fevral oyida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida viloyatdagi mavjud binolarning 53 ming 945 tasi zararlangan. Jumladan, 7 ming 491 tasi vayron bo‘lgan. 4434 tasi zudlik bilan buzib tashlangan. 6048 tasi o‘rta darajada shikastlangan. 35 972 tasi esa jiddiy zararlangan.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Bundan tashqari, hududda sud qarorini kutayotgan 3661 ta buzilishi lozim bo‘lgan binolar mavjud. 
Qo‘shimcha qilinishicha, viloyat markazida zilzila oqibatida uysiz qolganlar uchun 68 ming 962 ta, qishloq mahallalarida esa 66 ta konteyner o‘rnatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »