Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi OAV vakillari uchun Turkiyaga press-tur uyushtirdi. Press-tur doirasida dastlab respublikaning Qahramonmarash viloyatiga yetib borgan jurnalistlar viloyat gubernatori Mukarram Unluer bilan uchrashib, zilziladan eng ko‘p zarar ko‘rgan viloyatdagi uylarni tiklash va aholiga ko‘rsatilayotgan yordamlar borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Mukarram Unluer.
Foto: Nozimbek Mardonov
Foto: Nozimbek Mardonov

Turkiya respublikasining Qahramonmarash viloyati gubernatori Mukarram Unluerning jurnalistlar savollariga javob berishicha, viloyatda zilzila sabab vafot etgan marhumlarning yaqinlariga salkam 983 milliard turk lirasi miqdorida kompensatsiya to‘lab berilgan. Bu haqda gubernator ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

Foto: Nozimbek Mardonov
Foto: Nozimbek Mardonov
Viloyatimizda AFAD raisligida 251 ming 11 nafar kishiga yetkazilgan zarar uchun 2 milliard 510 million 110 ming, 92 ming 759 nafar kishini ko‘chirish uchun 1 milliard 391 million 385 ming, vafot etgan 18 ming 588 nafar kishining o‘limi uchun 982 milliard 899 million 982 ming turk lirasi miqdorida kompensatsiya to‘lab berilgan, — dedi gubernator. 
Foto: Nozimbek Mardonov
Foto: Nozimbek Mardonov

Mas’ulning qo‘shimcha qilishicha, ijara yordami sifatida 25 ming 304 ta uy egasiga 1 milliard 328 million 438 ming, 28 ming 766 nafar ijarachilarga esa jami 7 milliard 171 million 789 ming 655 lira to‘lab berilgan. 

Foto: Nozimbek Mardonov
Shahrimizga 8615 ta yuk mashinasida yordam va xayr-ehsonlar keltirildi, — deydi gubernator.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »