Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Baydenda haqiqatan ham yoshga bog‘liq progressiv demensiya belgilari namoyon bo‘layotgani, yaxshilanish umidi yo‘qligi ma’lum qilindi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Foto: SIPA USA

Jons Hopkins universiteti professori va jarroh Marti Makari davlat rahbarining sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarga baho berdi.  

“Baydenning kognitiv qobiliyatlarning pasayishi bizning ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘lmoqda. Aytaylik, besh yil oldingi bilan solishtirganda uning bugungi faoliyati o‘rtasida juda sezilarli farq bor. Albatta, bu juda achinarli”, — dedi professor Makari.

Uning fikricha, har qanday odam ba’zan so‘zlarni chalkashtirib yuborishi va nutqida xatoga yo‘l qo‘yishi odatiy holdir. Biroq Jo Bayden misolida, xotira susayishi va nutqning sekinlashishi shu qadar tez rivojlanmoqdaki, ular jiddiy tashvish tug‘dirmoqda.

“Bunday dinamika bilan to‘satdan barqarorlashuv kuzatilishi dargumon. Bu yoshga bog'liq demensiyadir”, — dedi Makari.

Avvalroq AQSHning 81 yoshli prezidenti Jo Bayden Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida yoshi keksaligiga e’tibor qaratgan jurnalistga keskin javob qaytargandi. Jumladan, siyosatchi o‘zini davlat rahbari sifatida ishlashga “eng malakali” deb atagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »