Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda bolalar shamollashiga qarshi qo‘llanib, 68 nafar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sud muzokara jarayonlariga o‘tgani haqida xabar berilgandi. Sudlov hay’ati bugun, 12-fevral kuni davom etgan navbatdagi majlisida prokuror muzokarasini tingladi. Bu haqda sudda ishtirok etayotgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Sudda so‘z olgan prokuror sud tergovi davomida keltirilgan dalillar orqali ayblanuvchilarning aybi o‘z isbotini topganini aytib, muzokara so‘zida voqea tafsilotlariga to‘xtatilib o‘tirmasligini bildirdi. 

Prokuror mazkur siropni O‘zbekistonga olib kirgan rasmiy diler — Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P.ga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishini so‘radi. Va jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi kerakligini ta’kidladi. 

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Davlat ayblovchisi, shuningdek, Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.K. va uning ikki o‘rinbosari sifatida ishlagan mas’ullar — A.A. va M.N.ga 18 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazo tayinlanishini so‘radi. Ularning har birini 3 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilishni talab qildi.

Ayni paytda sud davom etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »