Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

DXX xodimlari tomonidan sudya, bosh hisobchi, bosh inspektor, bosh muhandis o‘rinbosari pora olayotganida ushlandi. 

Kadr: Telegram

Maʼlum qilinishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” Qashqadaryo filiali bosh muhandisi o‘rinbosari paxta-to‘qimachilik klasteriga tegishli bo‘lgan 21 ta suv nasos quduqlarini elektr tarmoqlariga ulash uchun “texnik shart” berish evaziga 7 ming dollari talab qilib, yanvar oyida 3 ming dollar olgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bosh muhandis o‘rinbosari qolgan 4 ming  dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur mansabdor shaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 209-moddalari (mansab soxtakorligi) bilan sudlangan.

Jizzax viloyati “Toza hudud” DUK bosh hisobchisi ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbariga nisbatan sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishini tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berish, yaʼni ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlatib berish evaziga 15 ming dollar talab qilib, oldindan 5 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.

O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasining Navoiy viloyat vakolatxonasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi sudyasi o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, Nurota tumanida yashovchi fuqaroning muqaddam buxorolik xaridorlarga sotgan 250 bosh qo‘ylarining pullari berilmayotgani yuzasidan qilgan murojaatini ijobiy hal etib berish evaziga 1 000 dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 500 dollar va 6 million 250 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi bosh inspektori Boyovut tumanida yashovchi fuqaroni Qo‘riqlash boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming dollar talab qilib, muqaddam 1500 dollar olgan, lekin u so‘ralgan pulning qolgan 1500 dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Guliston harbiy prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Nukusda 900 mln so‘mlik qurilish obyektini olib berishni va’da qilgan fuqaro ushlangandi. 2023-yil dekabrda esa Oqdaryo tumanining sobiq hokimi tadbirkordan 200 ming dollar olayotganda qo‘lga tushgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »