Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning “Mossad” razvedka va kontrrazvedka xizmati rahbari 13-fevral kuni misrlik va amerikalik hamkasblari bilan G‘azoda sulh taklifi bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun Qohiraga bordi.

Isroilga ko‘ra, ayni damda bu muzokaralar juda muhim, chunki tomonlar orasida munosabatlar taranglashgan. Bu haqda Arab news nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Qohirada “Mossad” yetakchisi Devid Barnea Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i Uilyam Berns bilan uchrashadi. Muzokara mavzusi jiddiy bo‘lgani bois u yopiq shaklda bo‘lib o‘tadi.

Foto: Google Images

Misr poytaxtida Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Al-Tani muzokaralarga qo‘shilishi xabar qilingan. U ayni paytda Qatar bosh diplomati hisoblanadi va G‘azo bo‘yicha oldingi sulh shartnomalarida vositachilik qilgan.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azoning janubidagi Rafah shahriga armiya kiritib, 1,4 millionga yaqin g‘azoliklar to‘plangan nuqtada keskin janglar tashkil etish va HAMASni yo‘q qilish siyosatini davom ettirishini ma’lum qilgandan so‘ng, muzokaralar uchun ehtiyoj kuchaydi. Hujumlar faolligini kamaytirmayotgan Isroil o‘z harakatlarini yuzlab Isroil fuqarolari HAMAS qo‘lida qolayotgani bilan izohlamoqda.

“Mossad”ga ko‘ra, HAMAS askarlari 7-oktyabrdagi hujum paytida 250 ga yaqin isroillikni asirga olgan. Noyabr oyidagi sulhdan keyin esa G‘azoda 130 ga yaqin isroilliklar garovda qolgani aytiladi. Ulardan 29 nafari halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar kamida 28,340 kishi — asosan ayollar va bolalar Isroilning G‘azodagi tinimsiz bombardimonlari va quruqlikdagi hujumlari natijasida halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »