Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya urushda birinchi marta ilg‘or gipertovushli raketadan foydalandi. Mutaxassislar bunday raketalarni urib tushirish deyarli imkonsiz deb hisoblaydi. Bu haqda Ukraina razvedkasi tarqatgan ma’lumotlarga asoslanib, CNN xabar berdi.

Foto: AP Photo

Ukraina poytaxtiga 7-fevral kuni uyushtirilgan hujumdan so‘ng topilgan qoldiqlar Rossiya harbiylari tomonidan “Sirkon” gipertovushli qanotli raketasi qo‘llanganiga ishora qilmoqda. Bu turdagi raketalar urushda birinchi marta qayd etilishi.

“Sirkon”, agar Rossiya hukumatining tegishli qurol haqda aytganlari rost bo‘lsa, juda dahshatli vositadir. Chunki u Patriot kabi G‘arbning eng yaxshi raketaga qarshi mudofaa vositalarini ham chetlab o‘ta oladi.

Rossiya rasmiylari taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Sirkon” raketalari soatiga 9,900 kilometr masofa bosib o‘ta oladi. Agar bu tasdiqlansa, u dunyodagi eng tezkor raketaga aylanib, tezligi tufayli undan himoyalanishni deyarli imkonsiz qiladi.

Parvoz vaqtida raketa to‘liq plazma buluti bilan qoplanadi, u radiochastotalarning har qanday nurlarini o‘ziga singdiradi va raketani radarlarga ko‘rinmas qiladi. Bu uning nishonga ketayotganda aniqlanmasligiga imkon beradi. G‘arb harbiy tashkilotlari ushbu qurol xususiyatlarini chuqur o‘rganishga kirishgan.

7-fevraldagi hujumda Ukraina armiyasi ruslar uchirgan Iskender va boshqa bir qancha raketalarni urib tushirgan. Ammo keyingi hujumlarda gipertovushli raketalarning yana qo‘llanishi mumkinligi mudofaa salohiyatini jiddiy xavf ostiga qo‘yadi. 

“Sirkon”ning harbiy sanoatga olib kirilishida shaxsan Vladimir Putinning o‘zi bosh-qosh bo‘lgani aytiladi. Prezident bu qurol Rossiyani harbiy sohada tengsiz qilishi borasida bir qancha fikrlarini aytib kelgan. Ammo mazkur qurollarni hozirda seriyali ishlab chiqarish uchun Kremlda iqtisodiy asoslar yetarli emas.

“Aytganimdek, ushbu raketaning dunyoning hech bir davlatida o‘xshashi yo‘q. Ishonchim komilki, bunday kuchli qurollar Rossiyani ehtimoliy tashqi tahdidlardan ishonchli himoya qiladi. Bu mamlakatimiz milliy manfaatlarini taʼminlashga yordam beradi”, — degan edi Putin intervyularidan birida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »