Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasining Navoiy viloyat vakolatxonasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi sudyasi 500 dollar va 6 million 250 ming so‘m olgan vaqtida ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Sudyalar oliy kengashi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, hakamlik sudlari sud tizimiga kirmaydi. Aksincha, fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga keluvchi muayyan iqtisodiy nizolarni hal etish vakolatiga ega bo‘lgan nodavlat organ hisoblanadi. Shu bois hakamlik sudlari faoliyati O‘zbekistonning “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni bilan emas, balki alohida normativ-huquqiy hujjat – “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solingan.

“Bayonlardan xulosa shuki, hakamlik sudlari sudyalari Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanmaydi va ozod etilmaydi”, — deyiladi kengash bayonotida.

Bundan oldin Jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tumani sudi raisi 2 ming dollar pora olgan paytda ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bir necha kun oldin esa DXX tomonidan sud raisining qo‘lga olinishiga oid tafsilotlar e’lon qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »