Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tadbirkordan bajarilgan qurilish ishlari dalolatnomasini imzolash uchun 60 million so‘m talab qilgan xo‘jalik rahbari ushlandi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Qorako‘l davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi rahbari A.J. ushbu xo‘jalikda “O.H.” MCHJ tomonidan bajarilgan 612 million so‘mlik qurilish ishlari bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani imzolashi hamda 157 million so‘m qarzdorlikni MCHJga o‘tkazib berishi evaziga tadbirkor L.O.dan 60 million so‘m talab qilib, shundan 45 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »