Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida davlat rahbari kognitiv testdan o‘tishi kerakligini yozgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bergan.

Foto: Reuters

X ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Oq uy Jo Baydenning aqliy qobiliyatini tekshirishni istamasligi davlat rahbarining sinovdan o‘ta olmaganini anglatishi haqidagi fikriga javoban Mask “yadro jomadoni” bo‘lgan shaxs uchun bu kabi tekshiruvlar ixtiyoriy bo‘lmasligi kerakligini aytdi.

Shu hafta Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer Baydenning yillik tibbiy ko‘rigi doirasida uning aqliy qobiliyatini baholashga hojat yo‘qligini aytdi. Matbuot kotibiga ko‘ra, “prezident bilan sanoqsiz soatlarni o‘tkazgan”ligi sababli davlat rahbarini aqliy sinovdan o‘tkazishga sabab yo‘q. Dalil sifatida Jan-Pyer Bayden ommaviy axborot vositalarining kutilmagan savollariga tezkorlik bilan istehzoli javob bera olishini misol qilib keltirdi.

Avvalroq, AQSH Demokratik partiyasi vakillari Bayden maslahatchilaridan uning ruhiy salomatligi haqidagi shubhalarni yo‘q qilish uchun ommaviy chiqishlar va matbuot bilan muloqotni ko‘proq tashkil etishga chaqirayotgani xabar qilingan. Rossiyaga tashrifi chog‘ida jurnalist Taker Karlson Baydenni “aqlini yo‘qotgan prezident” deb atagan hamda Putinni maqtagan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »