Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining arxivariusi A.A. 1000 dollar pora olganida qo‘lga tushdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, sud xodimi fuqaro G.J.dan turmush o‘rtog‘i T.J. bilan qonuniy nikohdan ajratib berish evaziga 1 000 dollar miqdordagi pullarni olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda qo‘lga olingan.

“Oliy sud mamlakatimizning har bir fuqarosini jamiyatda, xususan, sud organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqiradi. Agar sud xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Oliy sud Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat guruhining (71) 239-01-79 raqamli Ishonch telefoniga maʼlum qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasining Navoiy viloyat vakolatxonasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi sudyasi 500 dollar va 6 million 250 ming so‘m olgan vaqtida ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Keyinroq Sudyalar oliy kengashi hakamlik sudlari sud tizimiga kirmasligini ma’lum qildi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »