Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyada o‘zi bilmagan holda qotilga yordam bergan o‘zbekistonlik qamoqqa olindi, deb xabar bermoqda Bosh konsulxona axborot xizmati. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Keltirilishicha, Istanbul shahrining Maltepa qamoqxonasida “ashyoviy dalillarni yo‘q qilish yoki o‘zgartirish” aybi bilan 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi D.A. saqlanmoqda. Bosh konsulxona xodimlari tomonidan u bilan tashkil qilingan suhbat davomida maʼlum bo‘lishicha, 2023-yilning sentyabr oyi oxirlarida 25 yoshli M.A. undan uyidagi chiqindilarni olib chiqishda yordam so‘ragan. 

Bir nechta poliyetilen xaltalar va qoplar orasida katta gilam ham bo‘lib, D.A. va M.A. uni chiqindixonaga olib borib tashlagan. Biroq, D.A. gilam noodatiy tarzda og‘ir ekanini payqab qolib, M.A.dan gilamning ichida nima borligini so‘raganida M.A. gilam ichida turli chiqindilar bor, deb javob bergan va darhol voqea joyidan qochib ketgan. 

Keyinchalik ushbu gilam ichida Turkiya fuqarosining jasadi bo‘lgani aniqlanib, har ikkala vatandoshlar politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda M.A. “qasddan odam o‘ldirish”, D.A. esa “ashyoviy dalillarni yo‘q qilish yoki o‘zgartirish” aybi bilan tergovga jalb etilgan. 

Hozirda fuqaro D.A.ga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Fuqaro M.A. esa konsullik-huquqiy yordamdan voz kechib, Bosh konsulxona xodimlari bilan uchrashishdan bosh tortmoqda. 

“Har holda, bu fuqaro M.A.ning begunoh bir inson hayotining ostun-ustun bo‘lib ketishiga sabab bo‘lgan nomaqbul qilmishi uchun pushaymonligidan darak bo‘lsa kerak.

Hurmatli vatandoshlar, har qanday vaziyatda, ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda dastavval holatni chuqur o‘rganib, so‘ngra qaror qabul qilishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »