Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mazkur muassasa o‘tgan yili 50 milliard so‘m davlat bнudjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan. U 504 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 5-11-sinflarda aniq va tabiiy fanlarni chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan. Maktabga o‘quvchilar viloyatning barcha shahar va tumanlaridan imtihon asosida olinadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maktab-internatda 60 dan ortiq o‘quv va kompyuter xonalari, chet tili sinflari, laboratoriya mavjud. Shuningdek, 222 o‘rinli yotoqxona, oshxona, sport zali zamonaviy jihozlangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident shu yerda o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. Maktabning yuqori sinflari bilan oliygoh dasturlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, bir-birini takrorlaydigan darslarga yoshlarning vaqtini ketkazmasdan, ko‘proq amaliyotga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Umuman, maktablarga ta’lim, tarbiya va ma’naviyat bo‘yicha yangi muhit olib kirish kerakligi ta’kidlandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shuningdek, davlat rahbari Andijon shahrida bunyod etilayotgan “Universal” sport majmuasini borib ko‘rdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hozirda to‘rt ming tomoshabinga mo‘ljallangan yopiq zal qurilgan. Unda bir nechta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Jumladan, joriy yil kuzda futzal bo‘yicha jahon chempionatining ayrim o‘yinlari shu yerda o‘tkaziladi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yirik majmuada basseyn, kafe, restoran ham bo‘ladi. Mashhur sportchilarning mahorat maktablari uchun ham sharoit yaratiladi. Mashg‘ulotlar sport federatsiyalari va oliy ta’lim maskanlari bilan bog‘langan holda olib boriladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Majmuani samarali ekspluatatsiya qilish, zamonaviy boshqaruvni joriy etish lozimligi aytildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »