Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmanistonda quruqlik va dengiz chegaralarini ishonchli himoya qilish, chegara bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Oltin Asir” mahalliy telekanali. Bu haqda Davlat chegara xizmati rahbari Yazgeldi Nuryev Davlat xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qilgan.

 

Turkmaniston prezidenti, Qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Serdar Berdimuhamedov vatanning muqaddas chegaralarini do‘stlik va qardoshlik chegaralari deb e’lon qilgan Turkmaniston barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini ta’kidladi.

Davlat rahbari, shuningdek, Turkmanistonning harbiy doktrinasi sof mudofaa xarakteriga ega ekanligini aytdi. 1995-yildan beri Turkmaniston ijobiy betaraflik maqomiga ega va hech qanday harbiy-siyosiy blokga kirmaydi.

Turkmaniston quruqlikda Afg‘oniston (800 km), Eron (1148 km), Qozog‘iston (458 km) va O‘zbekiston (1650 km) bilan chegaradosh. Kaspiy dengizda mamlakat Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston va Rossiya bilan chegaradosh. Turkmaniston dengiz chegarasining umumiy uzunligi 600 km ga yaqin.

Ashxobod muntazam ravishda harbiy-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazib turadi. Global Firepower tahliliy markazining hisobot berishicha, Turkmaniston armiyasi Markaziy Osiyoning beshta davlati ichida Qozog‘iston va O‘zbekistondan keyin uchinchi eng qudratli armiya hisoblanadi. 

Eziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »