Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatida davlat rahbari raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda prezident pora bilan qo‘lga tushgan Kogon tumani prokurori haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

Davlat rahbari Kogon tumani prokurori 100 ming dollar bilan qo‘lga tushganini aytdi. 

“Men nima uchun buni elga aytyapman? Buyam bosh prokuror harakati bilan amalga oshyapti. Bu o‘zi kurashchi bo‘lib, xodimi o‘g‘ri bo‘lsa, dardimizni kimga aytaylik? 3 kun oldin menga aytdi, men aytdim, “indamanglar, ertaga suddan qaytmasligi kerak bu narsa”, dedim. Sekin-sekin 200 ming dollarni gaplashgan. 91 mingni olib kelyapti, “yo‘q, narigisini ham olib kelasan”, deyapti. “Uni ham indamanglar”, dedim. Uchinchi kuni 91 mingni olib keldi-da, 101 mingni olib kelinglar, deyapti. Endi yana mayda-chuyda bo‘lmasin-ku, 10 mingni o‘rtadagi vositachilar olib qo‘yyapti. “Yo‘q, 10 mingni ham menga olib kel”, dedi noinsof prokuror. 

Bosh prokurorimiz shu yerda o‘tiribdilar, Buxoroga borib ishdan oladi”, — dedi davlat rahbari.

Maʼlumot uchun, pora oldi-berdisi 2024-yilning 13-fevral kuni soat 23:00 larda Buxoro shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markaziy binosi yonida sodir bo‘lgan va prokuror voqea joyida dalillar bilan ushlangan

Kogon tumani prokurori 90 ming dollar porani “Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi” AJ taʼsischisi M.I.dan olgan. Evaziga viloyat prokuraturasi ish yurituvida bo‘lgan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jamiyat taʼsischisi M.I.ga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirib, unga yengillik berishni vaʼda qilgan. 

Prokuratura tizimida 2012-yildan beri ishlab kelayotgan B.G‘. 2022-yilning 11-aprel kunidan buyon Kogon tumani prokurori sifatida faoliyat yurita boshlagandi. Ayni paytda voqea yuzasidan Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »