Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident raisligida Andijon viloyatida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda qurilish, suv taʼminoti, yo‘l, ko‘cha hamda mahallalarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, bu borada Andijon tajribasini yaratish muhimligi taʼkidlandi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Viloyatdagi mahallalarni meva-sabzavot, chorvachilik, hunarmandchilik, kasanachilik, sanoat, savdo va xizmatga chuqur ixtisoslashtirish bo‘yicha dastur amalga oshiriladi. Bu maqsadlarga 850 milliard so‘m kredit resurslari va 50 milliard so‘m subsidiya ajratiladi.

Davlat rahbari qurilish sohasiga to‘xtalib o‘tdi. 2024-yilda Andijonda 190 ta ko‘p qavatli uy-joy qurib, 7 mingta oilani yangi xonadon bilan taʼminlash zarurligi qayd etildi. Asaka tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivini tashkil etib, 68 ta uy qurish, Shahrixon tumanini ham “Yangi O‘zbekiston” massivlari dasturiga kiritish rejalashtirildi.

Umuman, Andijon, Asaka va Shahrixon shaharlarida urbanizatsiya dasturi amalga oshirilishi, aholisi 100 mingdan oshadigan Asaka va Shahrixon shaharlari viloyat bo‘ysunuviga o‘tkazilishi belgilandi. Ipoteka dasturi uchun Andijonga qo‘shimcha 100 million dollar ajratiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »