Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 16-fevral kuni Andijon viloyatining Xonobod shahriga kelib, aholi hayoti bilan tanishdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot xizmati xabarida ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning eng sharqiy hududi bo‘lgan Xonobod chegarada joylashgani sababli ilgari yopiq shahar edi. Oxirgi yillardagi o‘zgarishlar, yaxshi qo‘shnichilik siyosati natijasida Xonobod ochildi, uning iqtisodiyoti ancha sog‘lomlashdi, aholi turmush darajasi osha boshladi. Bugun bu yerda turizm, sanoat, meva-sabzavotchilik va xizmatlar rivojlanmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Yangi hayot” mahallasi faollari davlat rahbariga odamlarning turmush tarzi haqida so‘zlab berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu mahallada 3 ming 500 dan ortiq aholi yashaydi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab va kollejlarda sifatli taʼlim uchun sharoitlar bor. Tog‘ yonbag‘ridagi dam olish maskanlari, ishlab chiqarish korxonalari va tomorqa xo‘jaliklarida aholi ish bilan band.

Bundan tashqari, o‘ndan ortiq uy mehmonxonasi, yigirmaga yaqin savdo do‘koni, sartaroshxona, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yilda mahalladagi yuz nafardan ortiq ishsiz aholi doimiy va mavsumiy ishlarga joylashtirildi. Yana 181 fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan.

Davlati rahbari mahalla yettiligi vakillari bilan suhbatlashdi.

“Biz birinchi kundan xalq bilan muloqot, xalqni rozi qilishga kirishganmiz. Shuning uchun mahalla tizimini birinchi bo‘g‘in sifatida rivojlantiryapmiz. Mahalla — fuqarolik jamiyatining asosi. Bu xalqning dardi, ovozi, degani. Mahalladagi davlat vakillari berilgan vakolat va mablag‘lardan foydalanib, dunyoqarashini o‘zgartirib, odamlarni rozi qilishi kerak. Ishonamanki, “Yangi hayot” mahallasi O‘zbekistonga namuna bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident mahalla guzari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ham ko‘zdan kechirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »