• ishlab chiqarish sohasida — 22 ming 248 nafar;
  • qishloq xo‘jaligi sohasida — 6 ming 858 nafar;
  • xizmat ko‘rsatish (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida — 5 ming 403 nafar (asosan ayollar uchun);
  • qurilish sohasida — 2 ming 898 ta.

Hozirda Koreyada E-9 vizasi asosida ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlash maqsadida yo‘nalishlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar soni belgilangan chegaraga yetgani sababli ro‘yxatdan o‘tish jarayoni to‘xtatildi.

Ro‘yxatdan o‘tish maqsadida “Milliy bank”ning mobil ilovasi orqali to‘lovni bir martadan ortiq amalga oshirgan va ro‘yxatdan o‘ta olmagan fuqarolarning pul mablag‘lari “Milliy bank” tomonidan 3 ish kuni davomida to‘lov amalga oshirilgan plastik kartaga avtomatik ravishda qaytarib beriladi.