Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oziq-ovqat mahsulotini eksport qiluvchilarga moliyaviy resurslar ajratiladi. Bu prezident tomonidan imzolangan “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon bilan belgilab qo‘yilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Farmonga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 220 mln dollar miqdoridagi mablag‘lar 2024-yil 1-martgacha tijorat banklariga yo‘naltiriladi. Bunda tijorat banklari tomonidan yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan bank marjasi 4 foiz) milliy valyutada quyidagi imtiyozli kreditlar ajratiladi:

  • oziq-ovqat yo‘nalishidagi, sohada mahsulot yetishtirishdan tortib, uni isteʼmolchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun — 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan;
  • aylanma mablag‘lar uchun — 18 oy muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan.

2024-yil 1-martdan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi resurslari hisobidan oziq-ovqat mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun 2 yil muddatgacha ular tomonidan oxirgi 12 oy davomida eksport hajmi:

  • 100 ming dollardan 1 mln dollargacha bo‘lganda — 100 ming dollargacha;
  • 1 mln dollardan 2 mln dollargacha bo‘lganda — 1 mln dollargacha;
  • 2 mln dollardan 4 mln dollargacha bo‘lganda — 2 mln dollargacha;
  • 4 mln dollardan ortiq bo‘lganda — 3 mln dollargacha moliyaviy resurslar ajratiladi. 

Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari va eksport qiluvchilar tomonidan xorijiy davlatlarda savdo uyi va do‘konlarini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 50 ming dollargacha mablag‘ni xorijiy hisob raqamlarga o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »