Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat rahbari raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda Germaniya, Kanada, Koreya, Yaponiyadan ishchilarga buyurtma borligi taʼkidlandi. Maʼlum qilinishicha, nomzodlar uchun asosiy talab bu — til bilish. Lekin Andijonda chet tilini yaxshi biladigan 1,5 mingga yaqin yoshlar bor, xolos.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shu munosabat bilan xorijdagi ish beruvchilar talabi asosida 5 ming yoshlarni davlat va xususiy markazlarda kasb va tilga o‘qitish, ming nafar o‘rta tibbiyot xodimini Germaniyaga maqsadli tayyorlash muhimligi qayd etildi. Iqtisodiyot va moliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklariga chet tili sertifikati olgan yoshlarga o‘qish xarajatini 50 foizgacha qoplashni yo‘lga qo‘yish, nemis va fransuz tili bo‘yicha B2 sertifikatini olgan har bir o‘quvchi uchun xususiy o‘quv markazlarini subsidiyalash tartibini joriy etish topshirildi.

Raqamlashtirish vazirligiga viloyat IT eksportini 50 million dollarga yetkazib, kamida ming nafar dasturchiga xalqaro bozorga chiqishga ko‘maklashish vazifasi qo‘yildi.

Viloyatning eng faol yoshlari o‘z tengdoshlariga murojaat yo‘llab, ularni bilim olish, kasb va til o‘rganish, sanʼat va sport bilan faol shug‘ullanishga chorlashlari taklif qilindi. Prezident Andijonda yoshlar rassomchilik, kulolchilik va haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilishlari uchun sharoit yetarli emasligini qayd etdi.

Shu bois “Yangi Andijon” massivida Amaliy sanʼat ijodkorlari markazi barpo qilinadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »