Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ayni paytda Xonobod shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari viloyat jadal surʼatda rivojlanayotgani, sanoati bo‘yicha respublikada to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilganini qayd etdi. Viloyat yiliga 280 ming tonna paxta, 530 ming tonna g‘alla va 2,5 million tonna meva-sabzavot yetishtiradi.

Shu bilan birga, Andijonda hali ishga solinmagan imkoniyatlar va salohiyat juda katta ekani ko‘rsatib o‘tildi. Andijon viloyati sanoati yirik korxonalarga bog‘lanib qolgan. Uning 70 foizini Andijon shahri va Asakadagi mashinasozlik korxonalari beryapti.

Viloyat eksportining 82 foizini, tayyor mahsulotlarda 76 foizini to‘qimachilik bermoqda. Samarqand bilan bir xil miqdorda meva-sabzavot yetishtiradigan Andijon 5 barobar kam eksport qiladi. Mehmonxona o‘rinlarini 90 foizi ham birgina Andijon shahrida.

Davlat rahbari eskicha ishlash bilan uzoqqa borib bo‘lmasligini, hokimlar, sektor rahbarlari o‘zgarishi kerakligini qayd etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »