Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xonobod tumanida prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda “Xonobod-Andijon” markaziy suv quvuri ikkinchi tarmog‘ini qurishni jadallashtirish, 8 ta tumanda ichimlik suvi taʼminotini yaxshilashga xalqaro hamkorlarni jalb qilish muhimligi qayd etildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Andijon tumanida organik chiqindidan 100 ming tonna o‘g‘it chiqaradigan zavod qurilishi, Asakada chiqindini qayta ishlab, yiliga 2 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilishi belgilandi. Shuningdek, 1 ming 760 ta quduq atrofidagi bo‘sh yerlarga 50 megavattli quyosh panellari o‘rnatib, ichimlik suvi tannarxini pasaytirish taklifi maʼqullandi.

Viloyatda ishsizlik 9,1 foizdan 7 foizga tushdi. Aholining tadbirkorlikdan olayotgan daromadi 1,5 baravarga oshgan. Davlat rahbari bu ko‘rsatkichlar hali yetarli emasligini, yana 400 ming aholini kambag‘allikdan olib chiqish zarurligini taʼkidladi. Yangi reyting bo‘yicha Andijondagi bor-yo‘g‘i 461 nafar tadbirkor yuqori baholangani, aholini tadbirkorlikka jalb qilish sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga 335 ming aholini ishli qilish, tadbirkorlik loyihalariga 8 trillion so‘m kredit berish, aholini kichik biznesga keng jalb qilish orqali Xo‘jaobod, Shahrixon, Buloqboshi tumanlarida kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish namunasini yaratish topshirildi.

Andijonda 225 ming aholi o‘zini o‘zi band qilgan. Moliyaviy ko‘mak berilgani natijasida 45 mingi tadbirkorga aylandi. Shu munosabat bilan 200 milliard so‘m resurs ajratib, o‘zini o‘zi band qilgan yana 40 ming aholi tadbirkorga aylanishiga ko‘maklashish topshirildi

Viloyatning 16 ta tumani va shahrida kamida bittadan mikrokredit tashkilotini ochib, 30 ming aholi va tadbirkorga moliyaviy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish muhimligi taʼkidlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »