Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Xonobod shahri ‘‘Yangi hayot’’ mahallasida yashovchi Salohiddin Usmonov xonadonida mehmon bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Oila boshlig‘i rafiqasi Ziyoda opa bilan ikki farzandni voyaga yetkazgan. Hovli obod. Uy zamonaviy qiyofaga ega, tomiga quyosh panellari o‘rnatilgan. Shuningdek, energiya tejamkor alohida isitish tizimi barpo etilgan.

So‘nggi yillarda Xonobodda turizm rivojlanmoqda. Infratuzilma yaxshilanib, sayyohlar jalb etilmoqda. Bu imkoniyatlardan foydalanib, xonadonda uy mehmonxonasi tashkil etilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Salohiddin Usmonov qishloq xo‘jaligi mutaxassisi. Ular qo‘ziqorin yetishtirish bilan ham shug‘ullanadi.

Prezident bunday omilkorlikni maʼqullab, boshqa joylarda ham qo‘llash muhimligini taʼkidladi.

Har bir mahallaning o‘z imkoniyatlari, anʼanalari, odamlarning xohish-istaklari bor. Mahalla uyushmasi va iqtisodiy kompleks vakillari ularni aniqlab, qo‘llab-quvvatlasa, aholini band qilish, daromad manbai yaratish mumkin. Shuning uchun hamma masʼullarni quyi bo‘g‘inga tushirib, hududlarni mahallabay rivojlantirishga eʼtibor qaratyapmiz, — dedi prezident.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »