Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatida bo‘lib o‘tayotgan davlat rahbari raisligidagi yig‘ilishda viloyatda transport xizmatlarini yaxshilash maqsadida mutasaddilarga qator topshiriqlar berildi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jumladan:

  • Xonobod—Andijon—Izboskan—Asaka temiryo‘l aylanmasida poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish;
  • Andijon—Qo‘qon, Andijon—Toshkent, Andijon—Termiz va Andijon—Qo‘ng‘irot yo‘nalishlarida poyezd qatnovini 2 karra oshirish;
  • Andijon—Shahrixon, Andijon—Asaka va Andijon—Do‘stlik yo‘nalishida avtobus qatnovini 2 barobar ko‘paytirish topshirildi.

Viloyatda 35 ta transformator katta yuklama bilan ishlayotgani, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida elektr taʼminotidagi uzilishlar ko‘paygani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois Shahrixondagi podstansiyadan 23 kilometr elektr tarmog‘ini tortib, 2 ta yangi podstansiya qurish topshirildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda Asakada 150 megavatt, kelasi yili 100 megavatt elektr saqlash tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan, Andijon tumanida jami quvvati 400 megavatt bo‘lgan quyosh stansiyalari qurilishi boshlanadi. Ikki yilda 3 ta kichik va mikro GES qurilishini yakunlash, hindistonlik hamkorlar bilan “Shahrixonsoy” kanalida kinetik turbinali 2 ta mikro GESni ishga tushirish muhimligi taʼkidlandi.

Andijonda 4,5 ming kilometr yangi yo‘l qurish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilingan. Mavjud 700 kilometr yo‘l bo‘yini 10 yilgacha aholiga bo‘lib berib, daraxt ekish zarurligi aytildi.

Andijon aeroportini xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »