Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

17-fevral kuni Isroil havo hujumlari oqibatida halok bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentlik xodimlari soni 158 nafarga yetdi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Foto: Anadolu

Xabarda aytilishicha, halok bo‘lganlar jangovar harakatlarga bevosita aloqador bo‘lmagan. Xodimlarning ko‘pchiligi mahalliy g‘azoliklardan iborat bo‘lgan.

BMT vakillarining o‘limi bilan bog‘liq so‘nggi holatlar asosan Rafah hududida ro‘y bermoqda. Hozirda Rafahda 1,5 millionga yaqin falastinlik jon saqlamoqda. Bu 7-oktyabrgacha bo‘lgan aholi sonidan olti barobar ko‘p. BMT agentligining sa’y-harakatlariga qaramay, G‘azoga olib kirilayotgan gumanitar yordam yuk mashinalarining soni kuniga 500 ta dan oshmayapti.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, Isroil G‘azoga qarshi urushda oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonlar taʼminotini uzib qo‘yish orqali hudud aholisining 85 foizini majburiy dislokatsiya qilgan. Anklav infratuzilmasining 60 foizi shikastlangan yoki to‘liq vayron bo‘lgan.

BMT gumanitar xodimlar o‘limi bilan bog‘liq statistika tashvishli ekanini bildirgan. Isroil maʼmuriyati esa agentlik xodimlari halok bo‘lishi bilan bog‘liq harakatlarga aloqadorlikni rad etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »