Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning o‘limi va 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga sababchi sifatida ko‘rilayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sud maslahatlashgani kirdi. Sud ishida noma’lum muddatga tanaffus e’lon qilindi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

Foto: “Daryo”

2023-yilning 11-avgust kuni boshlangan sud 19-fevral kuni sud muzokarasini yakunlab, 23 nafar sudlanuvchining so‘nggi so‘zini ham tingladi. 

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning oktyabr, noyabr va dekabr oylarida bolalar shamollashiga qarshi qo‘llanilgan “Dok-1 Maks” va “Ambronol” siropi 2023-yilning yanvar oyida mamlakatda “Dok-1 Maks” fojiasi sifatida bo‘y ko‘rsatdi. Fojianing dastlabki qurbonlari haqida xabar bergan mas’ullar marhum bolalar soni 65 nafar ekanini ochiqlagan bo‘lsa, keyinchalik bu raqamlar 68 nafarga yetgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlab 21 nafar shaxs ayblangan bo‘lsa, keyinchalik qo‘shimcha jinoyat ishi biriktirilib, ayblanuvchilar 23 nafarga yetdi. Ularning dastlab 7 nafariga, keyinchalik yana 2 nafariga — jami 9 nafariga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »