Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

18-fevral kuni Eron Qurolli kuchlari shtabi boshlig‘i o‘rinbosari, brigada generali Aziz Nosirzoda Tehronda bo‘lib o‘tgan matbuot konferensiyasida mamlakat dengiz kuchlarini rivojlantirishga diqqat qaratishini maʼlum qildi. Endilikda Eron harbiy-dengiz kuchlarining xalqaro suvlardagi chegaralari Hind okeaniga tobora ko‘proq surilib boradi. Bu haqda Iran Press nashri xabar berdi.

Foto: Iran Press

Yig‘ilishda general Nosirzoda AQSHning Eronning dengizdagi mavjudligini cheklashga qaratilgan strategiyalariga qarshi javob chorasi qo‘llash zarurligini taʼkidlagan. Eron Hind okeanidagi mintaqaviy va xalqaro dengiz taʼsirini kuchaytirishi kerakligini urg‘ulangan. Eron vakili, shuningdek, mamlakat qurolli kuchlarida ushbu maqsadga erishish uchun aniq rejalari borligini ham bildirib o‘tgan.

General Aziz Nosirzoda Eronning mintaqadagi mudofaa qobiliyatini mustahkamlagani uchun milliy armiya va dengiz kuchlarini olqishlar ekan, o‘tgan yili dengizda harbiy manyovrlarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan 86-harbiy kemalar floti faoliyatini dengiz kuchlarining yorqin g‘alabasi sifatida aytib o‘tgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »